Fan-texnika | 19:31 / 18.12.2015
4937
3 daqiqa o‘qiladi

BAAda esklyuziv sportkar ishlab chiqaruvchi yana bir kompaniya paydo bo‘ldi

Birlashgan Arab Amirliklarida yanga avtomobil markasi – Jannarelly paydo bo‘ldi. Bu brend ostida chiqariladigan birinchi model – Design-1 nomli o‘ta yengil sport spayderi (rodsteri) keyingi yil paydo bo‘ladi. Har bir avtomobil qo‘lda yig‘iladi, bunda bir mashinani yig‘ish uchun 3 oyga yaqin vaqt talab etiladi.

Yangi marka avtomobillar dizayneri Entoni Jannarelli va Dubayda yashovchi, o‘zining yaxtalar yasovchi shaxsiy firmasiga ega va kompozit materiallar bo‘yicha mutaxassis fransuz Frederik Jyuyo tomonidan tashkil etildi.

Ayni paytda Jannarelli “birinchi arab superkarini” qurgan, Livanning W Motors kompaniya shef-dizayneri hisoblanadi. Shuningdek, u BAAda yasalgan Zarooq Sand Racer poyga yo‘ltanlamasi tashqi ko‘rinishi ustida ishlagan, endilikda o‘zining shaxsiy loyihasini boshqarmoqda. Jannarelli va Jyuyo kompaniyasi JJSpecial deb nomlangan, uning negizida 60-yillar uslubida esklyuziv sportkarlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan Jannarelly markasi yaratildi.

Jannarelly’ning birinchi modeli po‘lat va alyuminiydan ishlangan ramada qurilgan, kuzov panellari uchun karbon va shisha tola ishlatilgan. Sportkar yuqori ishqalanish differensialiga ega orqa privod va orqada o‘rnatilgan motorli tuzilishga ega. Mashinada 304 ot kuchiga ega, atmosferali, 6 silindrli Nissan VQ35 motori o‘rnatilgan bo‘lib, u 6 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan juftlikda ishlaydi.

Og‘irligi 710 kg dan oshmaydigan yangi model 100 km/soat tezlikka 4 soniyada erisha oladi. Mashinaning maksimal tezligi soatiga 220 km ni tashkil qiladi.

Birinchi bo‘lib maxsus “boshlang‘ich” modifikatsiyali avtomobillar ishlab chiqariladi. Uning jihozlanishiga kuzovning karbonli aerodinamik obvesi, kuzovning ba'zi elementlarining xrom bilan ishlanishi, katta bo‘lmagan shamol ekrani, teri bilan qoplangan salon va avtomatik o‘t o‘chirish tizimi kiradi. Hammasi bo‘lib 30 ta shunday mashina qurish rejalashtirilmoqda. Spayder uchun oldindan to‘lanadigan haq 5 ming dollarni, uning to‘liq narxi esa 55 ming dollarni tashkil qiladi.

Jannarelly Design-1 BAAda 2016 yil aprelda sinovdan o‘tkazilishi mumkin bo‘ladi, yozda esa buyurtmachilarga yetkazib beriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish