O‘zbekiston | 14:52 / 23.12.2015
11935
3 daqiqa o‘qiladi

Odil Ahmedov va Timur Kapedze jamoalari bemor Hasanjon Ergashevga yordam uchun xayriya uchrashuvi o‘tkazishdi

Bugun, 23 dekabr kuni Toshkentdagi "O‘zbekiston" sport arenasida, soat 12:00da Shampionat.asia sayti tashabbusi bilan sog‘lig‘ida muammo yuzaga kelgan Hasanjon Rahimjonovga moddiy yordam berish maqsadida navbatdagi xayriya uchrashuvi o‘tkazildi.

O‘yinni jonli ravishda kuzatgan bloger va huquqshunos Xushnud Xudayberdiyev o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali jarayonni jonlantirishga harakat qilgan.

O‘yin avvalida ikki sardor telekanallar va nashrlarga intervyu berishgan.

Xayriyadan tushadigan barcha pullar bemorga taqdim etiladi. Uchrashuvdagi ilk to‘pni aynan Hasanjon va uning 4 yoshli ukasi Imombek maydonga kiritib berdi.

Ushbu o‘yin 13:11 hisobida Odil Ahmedov jamoasi g‘alabasi bilan yakunlangan.

Shuningdek, o‘yinni tomosha qilish uchun zalga o‘zbek futbolidagi boshqa bir qancha taniqli shaxslar, terma jamoaning sobiq bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov, O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirining muovini Murod Aliyev, Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov hamda "Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash qo‘mitasi" rahbari Ahrol Inoyatov ham kelishgan.

Odil Ahmedov jamoasi:

1. Rustam Umarov 2.Kamoliddin Tojiyev 3. Ilhom Suyunov 4. Samandar Xamroqulov 5. Alisher Uzoqov 6. Anvarjon Soliyev 7. Jasur Hasanov 8. Mirzakamol Kamolov 9. Kamoliddin Murzoyev 10. Azim Ahmedov

Timur Kapadze jamoasi

1. Ignatiy Nesterov 2. Server Jyeparov 3. Anzur Ismoilov 4. Temur Kapadze 5. Ildar Magdeyev 6. Lutfullo To‘rayev 7. Davron Fayziyev 8. Islom To‘xtaxo‘jayev 9. Ma'mur Ikromov 10. Kozim Murodov 11. To‘labek Ikromov 12. Dilshod Rahmatov 13. Farhod Abdumavlonov

Kopadze o‘yin vaqtida yaqin masofadan belgilangan jarima zarbasidan Rustam Umarovni dog‘da qoldira olmadi.

 

Yurag parogi xastaligi bilan og‘riyotgan Hasanjon Rahimjonovga davlat tomonidan bepul tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinyapti. U to‘la sog‘ayib ketishi uchun Hindistonda operatsiya qilinishi kerak. Uning egizagi Husanjon Rahimjonov go‘dakligida hayotdan ko‘z yumgan.

Bu loyiha o‘tkazilishida "Lokomotiv" futbol jamoasi va O‘zbekiston Futzal Assotsiatsiyasi ham yordam ko‘rsatishgan.