Sport | 22:37 / 23.12.2015
4227
2 daqiqa o‘qiladi

Yuqoridan qulagan dron chang‘ichiga shikast yetkazishiga bir bahya qoldi

Tog‘-chang‘i sporti bo‘yicha jahon kubogining 4 karra sohibi Marsel Xirsher musobaqalar paytida yuqoridan qulagan drondan shikastlanishiga bir bahya qoldi. Yirik o‘lchamdagi dron sportchidan bir necha santimetr narida tog‘ yonbag‘riga kelib urilgan.

Ushbu voqea Italiyaning Madonna-di-Kampilo posyolkasida jahon kubogi bosqichlaridan biri o‘tayotganda sodir bo‘ldi. Dron Xirsher o‘z urinishini bajarayotganda qulagan, biroq sportchiga tegmagan. Sportchi o‘z urinishini oxirigacha yetkazib, norvegiyalik sportchi Xenrik Kristoffersenga imkoniyatni boy berib, 2-o‘rinni egalladi.

Qulagan dron havaskorlik droni bo‘lmagan, uning yordamida poyga suratga olingan. Erkaklar poygasi rahbari Markus Uoldner dron operatori belgilangan qoidalarni buzganini aytdi, ya'ni u bevosita trassa ustida dronni uchirishga haqqi bo‘lmagan. “Dron trassadan tashqarida va chang‘ichidan 15 metr narida parvoz qilishi kerak. Shu holatda zaxira masofa saqlanib, bunday holat yuz bermagan bo‘lardi”, deb aytdi Uoldner.

Chang‘i sporti xalqaro federatsiyasi noxush voqeadan keyin poygalar paytida dronlardan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi.

“Men hech narsa yuz bermaganidan xursandman. 20 metr balandlikdan 10 kg lik yuk ustingga tushsa, nima bo‘lishini o‘ylashni istamayman. Bu juda jiddiy jarohat bo‘lardi”, deb aytmoqda sportchining o‘zi.