Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada Putinning marhum maslahatchisiga tegishli yaxta topildi
Avstraliyadagi kemasozlik korxonasida turgan 55 m li “Sereniti” yaxtasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Vashingtonda vafot etgan sobiq maslahatchisi Mixail Lesinga tegishli bo‘lgani aytilmoqda. Yaxtaning narxi 50 mln dollarga baholanmoqda.

The CourierMail nashrining xabar berishicha, yaxta Brisben shahridagi korxonada rejali ta'mirdan o‘tkazilgan bo‘lib, bir necha kundan so‘ng suvga chiqarilishi kutilayotgan edi. Ammo egasining vafoti munosabati bilan suv transporti sobiq vazir aktivlari bo‘yicha qaror qabul qilinmaguniga qadar korxonada qoladigan bo‘ldi.

Aytilishicha, yaxtada 4ta paluba, 6ta kayuta bo‘lib, ular 12 nafar mehmonga mo‘ljallangan. Shuningdek, transport ichida spa, hovuz, sauna, jakuzi va massaj xonasi bor. Intererni yaratishda 11 turdagi marmardan va shishali buyumlardan foydalanilgan.

Brisbenlik mutaxassislarning uqtirishicha, bunday yaxtaning narxi bugungi kunda o‘rtacha 50 mln dollarni tashkil qiladi.
Mixail Lesin 2015 yilning 5 noyabrida Vashingtondagi mehmonxonada o‘lik holda topildi. U Los-Anjyelesda dafn etildi. Sobiq amaldorning o‘limi sabablarini aniqlashtirishga 3 oygacha vaqt talab qilinishi aytilmoqda.