Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda dunyoning eng keksa insonlaridan biri – 118 yoshli Sadiyaxon ona Inomova istiqomat qilmoqda
«Namnews.uz» nashri dunyoning eng keksa insonlaridan biri — 118 yoshli Sadiyaxon Inomova bilan suhbatni e'lon qildi.
Sayt xabariga ko‘ra, Sadiyaxon Inomova 1897 yil To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Yortepa qishlog‘ida dunyoga kelgan. Bobosi Boymaxsim eshon otasi Hamzaxon qori bo‘lgan bu ayolning umri mehnat bilan o‘tdi. Ketmonchilik, ipak qurti parvarishi, bug‘doy boshog‘ini terish, paxta terish, ko‘sak chuvish bilan shug‘ullangan.

“Sadiyaxon aya umr yo‘ldoshi bilan tinch-totuv hayot kechirdi, farzandlar tarbiyasiga alohida e'tibor qaratdi. Hozirda 45 nabira, 141 nafar evara, 139 chevaraning momosidir. Turmush o‘rtog‘i Isomiddin ota juda qat'iyatli, mehnatsevar inson bo‘lib, xo‘jalikda temirchi bo‘lib ishlardi. 70-yillar oxirida u vafot etdi.

Aya turmushning o‘nqir-cho‘nqirlariga bardosh berib, mardonavor yengib o‘tdi. Vafo-sadoqat, mehr-muhabbat bilan farzandlarini voyaga yetkazdi. Qariyb 45 yil ipak qurti boqdi, halol rizq topib, umrguzaronlik qildi”, - deya ma'lumot beradi nashr.
Sadiyaxon aya bugun juda baxtli hayot kechirmoqda. Farzandlari, nabira, evara, chevaralari uning atrofida parvona bo‘lishadi.
Davlatimiz rahbari ham ayani e'zozlab, 2007 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlagan. Uch asrni ko‘rgan bo‘lsa-da, onaxon o‘z salomatligidan nolimaydi, kitobni ko‘zoynaksiz o‘qiydi.