Fan-texnika | 10:22 / 27.12.2015
6051
1 daqiqa o‘qiladi

Serbiyada superkar va yo‘ltanlamas avtomobillar ishlab chiqaruvchi kompaniya tashkil etilmoqda

Serbiyada ixcham mashinalar, superkar va yo‘ltanlamas avtomobillar ishlab chiqarishni mo‘ljallayotgan yangi Aqos kompaniyasi tashkil etildi. Taxminlarcha, yangi avtomobil markasining ilk modeli Jyeneva avtosalonida namoyish qilinadi. Bu haqda Auto Motor und Sport xabar bermoqda.

Aqos’ga avval ba'zi yirik avtomobilsozlik kompaniyalarida ishlagan dizayner Sasha Milovanshevich asos soldi. Kompaniyaga germaniyalik, britaniyalik va italiyalik mutaxassislar hamda Belgrad universiteti xodimlari ishga taklif qilingan.

Kutilishicha, yangi kompaniya yettita model: Aqos 25 kompakt-kari, uch eshikli Vale 45 xetchbeki, Zulu 60 sportkupesi, Aqos Fastback modeli, ikki o‘rindiqli Aqos Javier sportkari, Peja 4XL Off Road yo‘ltanlamasi hamda flagman modeli – PM superkarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Aqos 25

Vale 45

Zulu 60

Aqos Fastback

Aqos Javier

Peja 4XL Off Road
 

Aqos PM

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish