Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada o‘qituvchi talabadan “Garri Potter va Olov kubogi” kitobining qo‘lyozmada to‘liq qayta ko‘chirishni talab qildi
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida universitet o‘qituvchisi talabaga “Garri Potter va Olov kubogi” asarini to‘liq qo‘lda ko‘chirib yozmaguncha amaliyot bo‘yicha bahosini qo‘ymasligini aytgan.

“Do‘stining so‘zlariga ko‘ra, o‘qituvchilar shu paytgacha bu qadar yomon ish qilishmagan. Qiziq, bunday ahmoqgarchilik qanchalar qonuniy”, - deb yozadi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, do‘sti dasturchilikka o‘qiydi, bunday ishning ta'limga hech qanday aloqadorligi yo‘q. Mazkur xabar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida qizg‘in muhokama qilindi. Ayrimlar dasturchilikka o‘qiydigan kishi uchun matnga yozma ko‘rinish bera oladigan dasturni yuklash qiyin bo‘lmasligi kerakligini ma'lum qilgan.