Sport | 08:26 / 31.12.2015
3735
2 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» «Kamp Nou»da «Betis» darvozasiga javobsiz to‘rtta gol urdi

Ispaniya chempionatining 17-turida turnir peshqadami "Barselona" "Betis"ni qabul qilda.

Mezbonlarning to‘liq ustunligida o‘tgan uchrashuvda 4:0 hisobi qayd etildi.

Dastlab, birinchi bo‘limning 29-daqiqasida Vestermannning avtogoli mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, keyinchalik Messi navbatdagi goli bilan jamoasini tanaffusga 2:0 hisobidagi ustunlik bilan olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda Suares dubl qayd etdi va hisob 4:0 ko‘rinishida bo‘lishini ta'minladi.

Shu tariqa, “Barselona” jamoasi hisobidagi ochkolar soni 38taga yetdi va jamoa bitta kam o‘yin o‘tkazganiga qaramasdan birinchi o‘rinda qoldi. 17-turda "Rayo Valekano"ni mag‘lub etgan "Atletiko"da ham shuncha ochko bor, "matraschilar" to‘plar nisbatiga ko‘ra ikkinchi o‘ringa joylashgan. Madridning yana bir jamoasi "Real" 36 ochko bilan uchinchi o‘rinda.

Ispaniya chempionati, 17-tur

"Barselona" – "Betis" 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 29, avtogol Vestermann, 2:0 – 33 Messi, 3:0 – 46 Suares, 4:0 – 83 Suares.
"Barselona" – Bravo, Vermalen, Mate (Adriano, 67), Dani Alves, Buskets (Bartra, 57), Rakitich, Maskerano, Serdji Roberto (Munir, 86), Neymar, Messi, Suares.
"Betis" – Adan, Vestermann (Digar, 36), Bruno Gonsales (Petstselya, 17), Molinero, Sexudo, Vargas, Ndiayye, Petros, Sebalos, van Volfsvinkel, Ruben Kastro (van der Vart, 75).
Ogohlantirishlar: Vargas (27), Petros (30), Petstselya (68), Dani Alves (77).

Amalga oshirilmagan penalti: Messi (29 daqiqa)