Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘g‘ri yurakka «tegadigan» fotosuratlar
Fotografiya minglab chiroyli so‘zlardan ko‘ra ko‘proq narsani hikoya qilishi mumkin. Bu fotosuratlar sizni befarq qoldirmaydi. Ular mehr, muhabbat, qayg‘u, mardlik, go‘zallikka to‘la.
Orzular ushaldi: ota ikki o‘g‘li bo‘lishini istardi

So‘z bilan ta'riflab bo‘lmaydigan muhabbat

Avlodlar almashinuvi

Bitta fotosuratda olti avlod: 111 yoshli momodan 7 oylik qizaloqqacha.
Odamlar, men dunyoga keldim!

Bizning onalarimiz mana shunday.

Ota-onalarning sabri cheksiz. Deyarli.

Qalb amri bilan yasha, nima deyishsa deyishaversin!

Bitta planshet, cheksiz quvonch!

Dunyodagi eng shirin bo‘sa.

Baxtli yillar

Bu kishi ilgari suyukli rafiqasi bilan tez-tez kelib dam olgan parkdagi o‘rindiq oldida.
Abadiy sadoqat

It egasining qabri oldida yotibdi — Adam Kann 2006 yilning 5 yanvarida Ramadi (Iroq) shahridagi jangda halok bo‘lgan.
Matonat

Askar Ikkinchi jahon urushidagi eng muhim va hal qiluvchi Kursk yoyidagi jang oldidan.
Yo‘qotish azobi

Sichuanlik (Xitoy) kishi zilziladan so‘ng vayronalar orasidan oilaviy fotoalbomini topib olib yig‘lamoqda.
Kichik qahramonlik

Ikki ko‘ngilli o‘qituvchi Nyu-Dehlidagi qashshoq bolalarga bepul dars o‘tishmoqda, Hindiston.
Ko‘rishishdan umidini uzgan insoni bilan diydorlashuv

Asir tushgan askar Ikkinchi jahon urushidan so‘ng uyiga qaytmoqda. Qizi uni oxirgi marta bir yasharlik paytida ko‘rgandi.
Hayot bu sinovdir

Yashash uchun kurash

Ikki yoshli bolakay Agim Shalni tikanli sim orasidan qarindoshlariga uzatishmoqda. Kosovodagi qonli nizolar vaqtida minglab kishilar o‘z uylarini tashlab ketishga va Kukes shahridagi (Albaniya shimoli-sharqi) qochoqlar lagerida jon saqlashga majbur bo‘lishgandi.
Iroda kuchini sinash

16 yoshli Inet Nili bir o‘zi Isroil hukumatining buyrug‘iga binoan noqonuniy uylarni yo‘q qilishga kirishgan o‘nlab politsiyachilarga qarshilik ko‘rsatmoqda.
Mehribonlik

2009 yilda Avstraliyada qurg‘oqchilik oqibatida yuzaga kelgan yong‘inlar paytida o‘t o‘chiruvchi koalaga suv bermoqda.
Do‘stlar har doim to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishadi.

Sen kimning tomonida bo‘lishingdan qat'i nazar
Sening yordamingga kimdir muhtoj bo‘ladi.

Bu kishi Filippindagi suv toshqini paytida itni qutqarib olmoqda.
Insoniylik g‘alabadan ko‘ra muhimroqdir.

To‘y guldastasini uloqtirishni 88 yil kutdi

Sunshi va Tsonxan Vu 88 yil birga hayot kechirishdi, lekin ularning to‘yi va to‘y libosidagi suratlari bo‘lmagandi. Nihoyat ular orzulariga erishishdi.
Farzandlarimiz bizdan ko‘ra uzoqroqqa borishadi

Hayot shomi

Bobo nabirasi bilan xayrlashmoqda.
Manba: Xabardor.uz