Sport | 19:56 / 02.01.2016
4322
2 daqiqa o‘qiladi

APLda yangi yilning ilk o‘yinida "Liverpul" "Vest Hem"ga yutqazdi

Angliya chempionatining 20-turidan o‘rin olgan ilk uchrashuv "Vest Hem" va "Liverpul" klublari o‘rtasida o‘tkazildi. O‘yin mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, hisobni Antonio 10-daqiqada ochdi. U APLning yangi yildagi ilk goli muallifiga aylandi.

Ikkinchi bo‘limda, o‘yinning 55-daqiqasida Kerroll jamoasining ikkinchi golini urib, oradagi farqni yiriklashtirdi - 2:0.

O‘yinda shu hisob saqlanib qoldi.

Shu tariqa, Slaven Bilich shogirdlari muhim uch ochkoni qo‘lga kiritishdi va turnir jadvalida beshinchi o‘ringa ko‘tarilishdi. "Liverpul" esa hozircha sakkizinchi o‘rinda qolmoqda.

Angliya chempionati, 20-tur
"Vest Hem" – "Liverpul" 2:0
Gollar: 1:0 – 10 Antonio, 2:0 – 55 Kerroll.
"Vest Hem" – Adrian, Kollinz, Kressuell, Tomkins, Ogbonna, Lansini (Obiang, 39), Nobl, Kuyate, Antonio (Djyenkinson, 86), Valensiya (Payye, 64), Kerroll.
"Liverpul" – Minole, Lovren, Moreno (Smit, 61), Klayn, Sako (Allen, 82), Djan, Leyva, Koutino, Ayb, Firmino (Lallana, 61), Benteke.
Ogohlantirishlar: Lansini (18), Leyva (24).