Jamiyat | 12:37 / 02.01.2016
14261
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniya osmonida Donald Trampga qarshi yozuvlar paydo bo‘ldi

AQShning Pasadina shahrida (Kaliforniya shtati) har yilgi an'anaviy Atirgullar paradi bo‘lib o‘tdi. 127-marotaba o‘tayotgan orkestrlar, otliqlar va gullar bilan bezalgan harakatlanuvchi platformalarning an'anaviy tantanali yurishini 700 mingga yaqin qishi tomosha qildi.

Ushbu tadbir o‘ziga xos norozilik aksiyasisiz o‘tmadi. Parad ishtirokchilari Pasadina ko‘chalari bo‘ylab marsh bilan yurayotgan bir paytda ular tepasida bir nechta samolyot tutun yordamida AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlardan biri Donald Trampga qarshi qaratilgan shiorlarni yozdi.

“Kim bo‘lsa bo‘lsin, biroq Tramp emas”, deb aytilmoqda shiorlardan birida. “Amerika maftunkor. Tramp esa jirkanch”, deyildi yana birida. Parad tashkilotchilarining aytishicha, ularning bu norozilik aksiyasiga hech qanday aloqalari bo‘lmagan va buni kim amalga oshirishganini ham bilishmaydi.