Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"O‘zbekiston" telekanalida siyosatchilar va madaniyat xodimlari ishtirokida yangi yil bazmi o‘tkazildi
O‘zbekiston MTRK "O‘zbekiston" telekanali ijodkorlari bu safar har yilgidanda o‘zgacha, eng zamonaviy yuqori texnologiyalar yordamida senatorlar, deputatlar, shuningdek, fan-ta'lim, madaniyat sport sohasining eng ko‘zga ko‘ringan namoyandalari hamda mashhur san'atkorlar ishtirokida yangi yil bayram dasturini tayyorlab, 31 dekabr kuni kechki efir soatlarida namoyish etdi.
El ardog‘ida bo‘lgan 200dan ortiq mashhurlar tashrif buyurishgan bayram oqshomini tasvirga olish jarayonida zamonaviy led elektron monitorlaridan va eng so‘nggi rusumdagi kamera va yoritkich , bezak vositalaridan, mediyatexnologiya uskunalaridan unumli foydalanilgan.
Quyida bayram oqshomi tasvirga olish jarayonlari aks etgan fotolar bilan tanishish mumkin.

















