Sport | 09:46 / 03.01.2016
4364
2 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Siti» safarda «Uotford» ustidan irodali g‘alabaga erishdi

"Manchester Siti" klubi Angliya chempionati doirasida "Uotford"ga qarshi kechgan uchrashuvda irodali tarzda g‘alabaga erishdi.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. 55 daqiqada Kolarovning avtogoli evaziga "Uotford" hisobda oldinga chiqib oldi.

Ammo "shaharliklar" o‘yin taqdirini o‘z foydalariga o‘zgartirishga erishdi. Avvaliga 82 daqiqada Ture hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib Serxio Aguero jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Endilikda "Manchester Siti" ochkolari sonini 39taga yetkazib oldi va uchinchi o‘ringa mustahkam joylashdi. "Uotford" esa 29 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinda.

Uotford – Manchester Siti 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 55, avtogol Kolarov, 1:1 – 82 Ture, 1:2 – 84 Aguero.
Uotford – Gomes, Ketkart, Xolebas, Nom, Britos, Abdi, Kapu, Uotson, Xurado (Gediura, 80), Igalo, Dini.
Manchester Siti – Xart, Otamendi, Kolarov, Sanya, Mangalya (Boni, 75), Fernandino, Ture, Silva, de Bryuyne, Sterling (Navas, 60), Aguero (Demichelis, 86).
Ogohlantirishlar: Nom (38).