Jahon | 12:12 / 04.01.2016
7497
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik mashhur jurnalist Yangi yilni Damashqda kutib oldi

Rossiyalik mashhur jurnalist Maksim Shevchenko Yangi yilni Suriyada kutib oldi. Yangi yil kechasi u yerda o‘zi tomonidan olingan videolavhani Shevchenko Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga joylashtirdi.

“Men mashhur Hamidiya bozorida ketmoqdaman, - deydi jurnalist videokameraga qarab. – Orqamda Ummaviylar masjidi, oldimda Damashq turibdi”.
“Yangi yil bilan, aziz do‘stlar, - so‘zida davom etdi u. – Men bu yerga, jang qilayotgan, fuqarolik urushida tilka-pora qilinayotgan Suriyaga Yangi yilni kutishga keldim, chunki bugun bu yer jahon tarixining asosiy markazidir”.

Shevchenkoning ta'kidlashicha, shahar ko‘chalarida otishmalar eshitilib turgan, shunga qaramay, odamlar Yangi yilni nishonlashda davom etgan.

 

Novogodneye pozdravleniye iz Damaska.

Opublikovano Maxim Shevchenko 31 dekabrya 2015 g.