Jahon | 19:08 / 05.01.2016
5829
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyadagi Soputan vulqoni harakatga keldi ( foto )

Indoneziya sharqidagi Shimoliy Sulavesi provinsiyasida mahalliy vaqt bilan 20.53da Soputan vulqoni uyg‘ondi, deya xabar bermoqda “Sinxua” agentligi.

Vulqon maqomi “trevoga” (2- daraja)dan “tayyorgarlik holati” (3- daraja)ga qadar oshirildi. Uyg‘onish joyidan 4 km radiusda har qanday inson faolligi imkoniyatlari istisno etilmoqda. Ayni paytda vulqon ustida 2 kilometrlik kul va tutundan iborat ustun paydo bo‘lgan. Mazkur tutun oqimi janubi-sharqqa qarab yo‘nalmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish