Jamiyat | 10:46 / 06.01.2016
4957
1 daqiqa o‘qiladi

Marhamat tumanida “Shodiyona” madaniyat va aholi dam olish markazi ishga tushdi

Andijon viloyati Marhamat tumanida “Shodiyona” madaniyat va aholi dam olish markazining bayram kunlarida ishga tushishi qishloq ahli uchun ajoyib Yangi yil sovg‘asi bo‘ldi.

Zamonaviy ko‘rinishga kelgan va barcha qulayliklarga ega ushbu maskanning ta'mirlash va jihozlash uchun 500 million so‘mdan ziyod mablag‘ sarflangan. 

Ochilish marosimida so‘z olgan tuman hokimi Xursandbek Sultonov va boshqa mutasaddilar muhtasham binoning kapital ta'mirlanishida sidqidildan mehnat qilgan “Yaxshilik sari” jamiyati bunyodkorlariga minnatdorchilik bildirib, tuman ahlini madaniy markazning ishga tushishi munosabati bilan qutladi.

Maskanning tomosha zalida tuman badiiy havaskorlari hamda viloyatning taniqli san'atkorlari tomonidan katta konsert dasturi namoyish etildi.
Elmurod ERMATOV, Andijon viloyati

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish