Jahon | 09:57 / 06.01.2016
6993
1 daqiqa o‘qiladi
Ukraina Rossiyani BMT xalqaro sudiga berishi mumkin
Ukraina adliya vaziri Pavel Petrenko mamlakat BMT xalqaro sudiga murojaat qilib, Rossiyani BMTning terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashga qarshi konvensiyasini buzganlikda ayblashga tayyorligini bayon qildi. Bu haqda u Ukrainaning “5-kanal”iga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Vazirning ta'kidlashicha, Kiyev da'vo arizasi uchun zarur hujjatlarni to‘plab bo‘lgan.
“Keyingi yilda biz BMT xalqaro sudida katta ish boshlaymiz, unda Ukraina Rossiyaga terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashga qarshi konvensiyani buzganlik aybini qo‘yadi”, - tushuntirdi Petrenko.