Jamiyat | 09:38 / 08.01.2016
11490
3 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyalik erkak “Yulduzlar jangi” filmidagi qahramonga o‘xshash uchun tanasiga botoksning 300 dan ko‘proq inʼeksiyasini kiritdi

AQShning Kaliforniya shtatida yashovchi, “Yulduzlar jangi” filmining fanati, 41 yoshli Antonio Karreras filmdagi Jabba Xattga o‘xshash uchun bir necha bor tig‘ ostiga yotib, o‘z tanasiga botoksning 300 dan ko‘proq inʼeksiyasini kiritdi. Bu haqda www.pure-t.ru sayti ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, botoks kosmetik jarrohlikda ishlatiladigan vosita bo‘lib, tozalangan tabiiy oqsildan iborat.

O‘z qahramonidek qiyofaga ega bo‘lish uchun Antonio 300 ming dollardan ko‘proq pul sarflagan va buning uchun amalga oshirilgan jarayonning natijalaridan katta qoniqish his qildi. “Men o‘zimni ko‘zguda ko‘rganimda yoshlarimni zo‘rg‘a tiyib turdim, natija men kutgandan ham a'loroq bo‘ldi”, deb aytmoqda “yangi Jabba Xatt”.

“Bolaligimda boshqa bolalar meni juda ko‘p xafa qilishgan va Jabba Xatt qahramoni o‘ylab topilganiga qaramasdan, men uchun juda yaqin bo‘lib qoldi. Men “Yulduzlar jangi”ni menimcha minglab marta ko‘rib chiqqanman va Jabbaning barcha odatlari va fe'l-atvorini bilaman”, deb ta'kidlamoqda Antonio.

Biroq Antonioning yaqinlari uning xursandchiligini u bilan baham ko‘rishmayapti, ular Antonioning bu “qilmishidan” karaxt holga tushishdi.

Antonioning katta akasi u ruhiy muammolarga egaligi va ruhiy terapiyaga muhtojligini aytgan. Singlisi Tanya esa Antonio operatsiyadan oldin ular bilan maslahatlashmaganidan afsusdaligini aytmoqda: “Agar u biz bilan gaplashganda biz uni bu yo‘ldan qaytara olgan bo‘lardik”.

Biroq Antonioning 76 yoshli onasi uni qo‘llab-quvvatlashi va u bilan faxrlanishi aytgan. “U istalgan ko‘rinishda chiroyli. Men keksa ayolman va modaga uncha ham tushunmayman, biroq Antonio shuni istagan ekan, bu tangrining irodasi bo‘lgan. Hech nima shunchaki sodir bo‘lmaydi va barcha narsaning o‘z sababi bor. Hayotda bundan ham yomonroq narsalar ham bo‘lishi mumkin edi”, deb aytmoqda Antonioning onasi.