Jamiyat | 19:09 / 10.01.2016
22180
5 daqiqa o‘qiladi

«Omon qolgan»: nima uchun Leonardo Di Kaprio albatta “Oskar”ga ega bo‘ladi

7 yanvar kuni Aleksandr Gonsales Inyarittuning yangi “Omon qolgan” filmi prokatga chiqarildi. Unda bosh rol Leonardo Di Kaprio tomonidan ijro etilgan; omma va tanqidchilarning sevimli aktyori bo‘lishiga qaramay, nima uchundir “Oskar” mukofotini topshirish marosimida uni chetlab o‘tishadi. Leoda aktyor sifatida uchta “Oskar” nominatsiyasi bo‘lgan, biroq ulardan bir donasiga ham erishmagan.

Mazkur fenomen atrofida aql bovar qilmas nazariyalar yaratilgan. Mazkur yilda kinoakademiya mukofotni topshirishdan qochib qutula olmasligini taxmin etamiz.

Leo+ssenariy=muhabbat

Inyarittu Maykl Pankening romanini shu qadar mohirona moslashtirganki, uch soatli film davomida tomoshabin uni maroq bilan tomosha qiladi. Di Kaprio rolda shunchaki mavjud bo‘lmaydi, u syujyet bilan chambarchas bog‘liq, chunki syujyet uning personaji atrofida qurilgan. Di Kaprio ham, syujyet ham bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ilk sahnada Di Kapriogina sovuqqonlikni saqlab qoladi

Film trapper va hindular o‘rtasidagi urush sahnasi bilan boshlanadi. Trapperlar ham, hindular ham hayratda. Barcha o‘limdan qo‘rqadi. Sovuqqonlikni saqlab qolgan yagona qahramon Di Kaprioning qahramoni Xyu Glassdir. Balki syujyetga ko‘ra u sovuqqonlikni saqlab qolmasa ham bo‘larmidi, axir lageringga junbushga kelgan hindular hujum qilsa, eng jasur inson ham bunga dosh berolmaydi. Biroq u o‘z guruhini qayiqqa olib chiqadi va tog‘larga olib ketadi.

Qahramon har tomonlama ijobiy

Odatga ko‘ra, ssenariyni yaratish qonunlariga ko‘ra, protogonistning yorqin va qorong‘u tomonlari bo‘ladi. Asar mojarosi mazkur tomonlar qarama-qarshiliga bog‘liq bo‘ladi. Leo ezgulik va haqgo‘ylikka ishonadigan insonni namoyish qilishga muvaffaq bo‘lgan, u  haqiqat g‘olib bo‘lishi uchun o‘limni yengishga ham tayyor. Di Kaprio bunday odamni o‘ta kuchli namoyish eta oldi.

Barcha aktyorlar Di Kaprio personaji atrofida harakatlanadi

Stsenariyda yana bir yo‘nalish bor: barcha qahramonlar Di Kaprio personajining asosiy chizig‘i atrofida harakatlanishadi. Xyu Glass – joyni yaxshi biladigan yagona odam. Glassga ayiq hujum qilganidan so‘ng, u bir o‘zi harakatlana olmaydi, guruh u bilan ko‘ngillilarni qoldirdi.

Ayiq bilan bog‘liq sahna

Ayiq bilan bog‘liq sahna treyler yaratilishi bilan ma'lum bo‘ldi. Bu filmning marketingga oid belgisi. 

Di Kaprio - ota

Kinodagi karerasi davomida Di Kaprio faqat bir marta “Uoll-Stritlik bo‘ri” da ota rolini ijro etgan. Har nima bo‘lganida ham farzand kichkina edi va syujyetga ta'sir ko‘rsatmagan. “Omon qolgan”da rollarning yangi avlodiga qadam qo‘ydi, bu yerda Xyu Glassning voyaga yetgan o‘g‘li bor va ovlarga u bilan birga boradi. Dastlab u ko‘rkam yigitchalar obrazini yaratdi, hozirda esa intellektuallardan uzoqlashdi. Endi u omon qolgan qahramon. O‘g‘li mavjud bo‘lgan, omon qolgan ota.

Omon qolish

“Omon qolish” ni tomosha qilganingizda, siz kadrdagi bir necha qatlamli ma'nolar ichida qolasiz: bir tarafdan, Di Kaprio qorda og‘riq azobida emaklab boradi, hayvonlar miyasini yeydi va yaralarini olov bilan kuydiradi. Biroq siz aslida Di Kaprioni ko‘rmaysiz. Siz kuchsizlik va og‘riqni yenga olgan trapper, eng jasur odam Xyu Glassni ko‘rasiz. Siz bu qahramon Di Kaprio emas, Xyu Glass ekanligiga ishonasiz.

Qahramoni kabi u barchani olg‘a boshlaydi

Xyu Glass trapperlar guruhini oldinga boshlaydi. Leonardo Di Kaprioning aktyorlar tarkibida mavjudligi  - film haqiqatan ham arzirli ekanligini bildiruvchi ko‘rsatkichdir. Filmda bo‘lgani kabi, Di Kaprio kino ishqibozlarining yangi avlodini a'lo darajadagi filmlar sari boshlaydi!

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish