O‘zbekiston | 09:59 / 14.01.2016
17922
9 daqiqa o‘qiladi

"Profi Education" harbiy imtiyozga ega abituriyentlar uchun 5 oylik tezkor tayyorlov dasturini e’lon qiladi

"Profi Education" abituriyentlar maktabi harbiy imtiyoz egalari va oliygohga o‘qishga kirishni istaydigan barcha abituriyentlar uchun 5 oylik tezkor va sifatli tayyorlov dasturini e’lon qiladi.

Mazkur dastur sizga nima beradi?

  • - Darslar yuqori malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi;
  • - Haftasiga 6 kun dars;
  • - "Profi Education"ning dasturi DTM bazasi asosida tuzilgan;
  • - Har bir darsning davomiyligi 2,5 soat;
  • - Dars davomida abituriyentlarga tarqatma materiallar va test savollari taqdim etiladi;
  • - Darslar zamonaviy va innovatsion metodlar (slaydlar, onlayn testlar) asosida olib boriladi;
  • - Har oyning so‘ngida sinov testlari uyushtiriladi. Agar abituriyent past ball to‘plasa, u bilan bepul qo‘shimcha darslar uyushtiriladi;
  • - Sinov testlarining natijasiga qarab guruh har oy qaytadan shakllantiriladi;
  • - Guruh ishtirokchilari 14 kishidan iborat.
  • - Qabul 1-martga qadar davom etadi.

"Profi Education" mutaxassislari ro‘yxati:

Matematika.

Sherzod Dustov

Samarqand viloyatida tug‘ilgan.
1993—1998 SamDU mexanika-matematika fakultetida tahsil olgan.
2004—2007 O‘zFA aspiranti.
Sherzod Dustovning shogirdlari O‘zbekiston va xalqaro olimpiadalarda nufuzli o‘rinlarni egallagan.
2004—2013 Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 1-sonli akademik litsey matematika fani o‘qituvchisi.
2013 yildan buyon "Profi Education"da matematika fani o‘qituvchisi.

Ingliz tili.

Xurshid To‘xtanazarov

Andijon viloyatida tug‘ilgan.
2001—2005 O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olgan. IELTE (Xalqaro toifadagi ingliz tili o‘qituvchilari tayyorlash maxsus maktabi) bitiruvchisi.
“Xalq folklori tarjimonligi nazariyasi”, “Ingliz va o‘zbek fe’llarining tasnifi” mavzularida ilmiy tadqiqot olib borgan.
Ingliz matnlari bilan ishlashda kuchli mutaxassis.
2005 yildan buyon "Profi Education"da ingliz tili fani o‘qituvchisi.

Ona tili va adabiyot.

Nilufar Ahmedova

Buxoro viloyatida tug‘ilgan.
1993—1998 Buxoro davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan.
O‘zFA tadqiqotchisi.
1998—2000 Buxoro shahridagi 35-son ixtisoslashgan maktabda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.
2001—2010 BuxDU qoshidagi 1-akademik litseyda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi; “Tafakkur kaliti”, “Test sandig‘i” , “Imkoniyat” kabi uslubiy qo‘llanmalar muallifi.
2013 yildan buyon "Profi Education"da ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.

Tarix.

Bekzod Usmanov

Namangan viloyatida tug‘ilgan.

1999—2003 TDPU bakalavr bosqichida tahsil olgan.
2004—2006 TDPU magistratura bosqichida tahsil olgan.
2007—2010 O‘zFA aspiranti.
2008—2011 JIDU akademik litseyida tarix fani o‘qituvchisi.
2013, 2014, 2015 yillardagi tarix fani bo‘yicha o‘tkazilgan respublika olimpiadalarida shogirdlari ketma-ket birinchi o‘rinni egallagan.
2011-yildan buyon "Profi Education"da tarix fani o‘qituvchisi.

Biologiya.

Sardor Zubtiyev

Samarqand viloyatida tug‘ilgan.
2002—2009 Toshkent tibbiyot akademiyasi bakalavri.
2009—2011 Toshkent tibbiyot akademiyasi magistri.
“Irsiy kasalliklarni aniqlashda molekulyar biologiya va genetika fanining so‘nggi ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borgan.
Shuningdek, qator darslik va qo‘llanmalar muallifi.
2009-yildan buyon "Profi Education"da biologiya fani o‘qituvchisi.

Fransuz tili.

Mutabar Kuldasheva

Buxoro shahrida tug‘ilgan.
2000—2004 O‘zMU bakalavri.
2007—2009 O‘zMU magistri.
“Qo‘shma va o‘zlashtirma gaplar”, “Yordamchi fe’llarning fransuz va o‘zbek tillarida qo‘llanishi” mavzularida ilmiy tadqiqotlar olib borgan.
2009—2012 O‘zMU fransuz tili fani o‘qituvchisi.
2012 yilda Belgiyaning Luven-la Nev Universitetida va 2013 yilda O‘zbekiston Respublikasi “Iste’dod” Prezident jamg‘armasida o‘z malakasini oshirgan.
2013 yildan buyon "Profi Education"da fransuz tili fani o‘qituvchisi.

Fizika.

Suhrob Telyayev

Buxoro viloyatida tug‘ilgan.
2004—2008 BuxDU fizika-matematika fakulteti bakalavri.
2008 fizika fanidan talabalar o‘rtasidagi olimpiadada respublika bosqichi g‘olibi va DAAD xalqaro stipendiyasi sohibi.
2008—2010 O‘zMU magistri.
2010—2013 O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi ion plazma va lazerli texnologiyalar instituti doktoranti.
2013—2014 Georg Avgust Universiteti, uchinchi fizika instituti doktoranti. (Gyotengen, Germaniya)
2012 yildan buyon "Profi Education"da fizika fani o‘qituvchisi.

Ingliz tili.

Sardor Hakimov

Andijon viloyatida tug‘ilgan.
2000—2004 O‘zDJTU bakalavri
“Jorj Bayron ingliz romantizmining asoschisi” mavzusida tadqiqot olib borgan.
2006—2008 Andijon viloyatidagi 53-gimnaziyada ingliz tili o‘qituvchisi.
2009—2013 O‘zMU qoshidagi S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyining ingliz tili fani o‘qituvchisi.
2013-yildan buyon "Profi Education"da ingliz tili fani o‘qituvchisi.

Ingliz tili.

Dildora Xatamova

Toshkent shahrida tug‘ilgan.
2002—2003 Xalqaro ingliz tili dasturi bo‘yicha Nyu-York universitetida tahsil olgan.
2003—2004 Kaliforniyaning Concord ingliz tili maktabida malaka oshirgan.
2006—2010 Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti bakalavri.
Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti, Xalqaro Turin politexnika universiteti, Xalqaro Vestminster universitetlariga kirishdagi IELTS va GMAT imtihonlariga tayyorlash bo‘yicha mutaxassis.
2011 yildan buyon "Profi Education"da ingliz tili fani o‘qituvchisi.

Tarix.

Shohruh Sharipov

Jizzax viloyatida tug‘ilgan.
1997—2001 O‘zMU tarix fakulteti bakalavr bosqichida tahsil olgan.
2008—2010 O‘zMU magistri.
“XX asr Sirdaryo viloyatidagi demografik jarayonlar” mavzusida tadqiqot olib borgan.
2002—2010 Guliston akademik litseyida tarix fani o‘qituvchisi.
2010 yildan buyon "Profi Education"da tarix fani o‘qituvchisi.

Rus tili.

Yekaterina Zelenskaya

Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan.
1997—2001 Qoraqalpog‘iston davlat universiteti bakalavri.
2007—2009 Qoraqalpog‘iston davlat universiteti magistri.
2004 yil Nyu-York shahridagi Kolumbiya universitetida va Ogayo shtatidagi maxsus maktabda malakasini oshirgan.
2009 yil Qoraqalpog‘iston davlat universitetida rus tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.
2014 yildan buyon "Profi Education"da rus tili va rus adabiyoti fani o‘qituvchisi.

Kimyo.

Jo‘rabek Yo‘ldashev

Xorazm viloyatida tug‘ilgan.
1994—2003 kimyo faniga ixtisoslashgan maktab bitiruvchisi.
2006—2010 TDPU bakalavri.
2010—2012 O‘zMU magistri.
“Logon va Shorsu konlari bentonitlari fizik va kimyoviy xossalarining qiyosiy tahlili” mavzusida tadqiqot olib borgan.
Mendeleyev nomidagi olimpiada g‘olibi.
2010—2013 TDPI qoshidagi akademik litseyi kimyo fani o‘qituvchisi.
2010 yildan buyon "Profi Education"da kimyo fani o‘qituvchisi.

Ona tili va adabiyot.

Namoz Rasulov

Navoiy viloyatida tug‘ilgan.
2008—2012 O‘zbekiston Milliy universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti bakalavri.
2012—2014 O‘zbekiston Milliy universiteti magistri.
2011 pedagogika fanidan talabalar o‘rtasidagi olimpiadada respublika bosqichi g‘olibi.
“Mashina tarjimasida omonimiya tizimi muammolari”, “Maqol, matal va iboralar orasidagi chegara munosabati” mavzularida ilmiy tadqiqot olib borgan.
2012 yildan buyon "Profi Education"da ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.

Matematika.

Zohid Tug‘yonov

Buxoro viloyatida tug‘ilgan.
1999—2003 BuxDU bakalavri.
2004—2006 BuxDU magistri.
2011—2013 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida matematika va informatika sohasi bo‘yicha aspirant.
2013 O‘zbekiston Milliy universiteti katta ilmiy xodimi.
2013 yildan buyon "Profi Education"da matematika va informatika fani o‘qituvchisi.

"Profi Education" maqsadlar tutashgan manzil

Telefonlar: 0 (371) 249-20-01, 0 (371) 244-66-06.

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan. "Profi Education" NTM xizmat ko‘rsatadi.