Iqtisodiyot | 10:14 / 15.01.2016
3632
1 daqiqa o‘qiladi

Bloomberg: 1998 yil narxlarida Saudiya neftining 1 barreli 17 dollardan arzon turadi

Neft narxlarining tushishi oxirgi o‘n yillik ichidagi minimum darajaga yetib bordi, ammo real narxlarda bu ko‘rsatkich yanada pastroq bo‘ladi, deb ta'kidlaydi Bloomberg agentligi.

1998 yilda Saudiya Arabistonida neft narxi taxminan 10 dollarni tashkil qilgan. Hozir uning narxi 26 dollar bo‘lib, bu 2002 yildan beri kuzatilgan eng past narxdir. Agar 1998 yil narxlarida hisob-kitob qilinsa, bu 17 dollardan ham pastroq ko‘rsatkich bo‘ladi.

“Neft narxlarining tugashi Xitoyda kreditlashning avji tugagani haqida berilgan tahlikali ishoradir”, - deydi Yangi iqtisodiy tafakkur instituti boshqaruvchilar kengashi rahbari Adeyr Tyorner.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish