Jahon | 00:03 / 16.01.2016
5381
2 daqiqa o‘qiladi

Chexiyada X asrga oid 700 ta tanga topildi

O‘rta asrlarga oid bo‘lgan 700 ta tangadan iborat xazina Praga yaqinidan topilgan. Bu haqida Pardubits shahridagi Sharqiy Chexiya muzeyi matbuot xizmati xabar qilgan.

Muzeyning ilmiy xodimi Petr Vorel bu topilmani “asr xazinasi” deyish mumkin deb hisoblaydi, chunki Markaziy Yevropada “topilgan tangalarning hajmi, to‘liqligi va a'lo darajada saqlanganligi borasida bunga o‘xshashi yo‘q”.

X asrga oid bo‘lgan topilma haqida muzey direktori shunday demoqda: “Bu butun Yevropa bo‘ylab iste'molda bo‘lgan kumush chex dinorlaridir. Har bir tanganing hajmi o‘rtacha 0,5 gramni tashkil etadi. Ular o‘rta asr Chexiya davlati yaqin savdo aloqalarini olib borgan Novgorod va Kiyev Rusida to‘lov vositasi sifatida keng qo‘llanilgan”, - deya aniqlik kiritgan olim.

Xazina 2015 yilning noyabr oyida yo‘lovchi tomonidan topilgan, biroq muzey bu haqida yanvar oyida ma'lum qildi. Saqlanib qolgan 400dan ortiq tanga va 300dan ortiq qoldiqlar, shuningdek ular solingan idish siniqlari o‘rganish va saqlash uchun taqdim etilgan. Xazinani topgan odamga 2 million kron hajmidagi mukofot puli va'da qilingan edi.

Mahalliy qonunchilikka ko‘ra, xazina topilgan hududga tegishli bo‘ladi. Tangalar 2016 yilning kuzida omma e'tiboriga namoyish etiladi va Pardubitsdagi muzeyning doimiy numizmatik kolleksiyasining domiy qismiga aylanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish