Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiyadagi sanatoriydan ham qulay qamoqxona
Qamoqxona jazo muassasasi hisoblanadi. Lekin dunyoda shunday turmalar ham borki, u yerdagi sharoit uncha-muncha oromgohlarda ham yo‘q. Norvegiyadagi Bastoy Prison ahloq tuzatish muassasini olaylik. U yerda qotillik, zo‘ravonlik va giyohvand moddalar savdosida ayblangan 115 nafar jinoyatchi saqlanadi. Lekin uni qamoqxona deyishga til bormaydi; muassasi ko‘proq yopiq turdagi pansionatga o‘xshadi: mahbuslar maxsus yog‘och uylarda istiqomat qilib, dehqonchilik bilan shug‘ullanadi, qurolsiz soqchilar esa ularga hamisha muloyim muomalada bo‘lishadi.
Xullas, jazo institutining bir tomonida Alkatras tursa, ikkinchi qutbini Bastoy Prison egallaydi.

1. Qotillik tufayli 16 yilga ozodlikdan mahrum qilingan mahbus o‘z uyining pillapoyasida oftob vannasini qabul qilmoqda.

2. Bastoy Prison Oslo qirg‘og‘idan 75 km uzoqlikdagi Bastoy nomli mitti orolda joylashgan.

3. Norvegiya qamoqlarida saqlanayotgan har qanday mahbus, jazo muddatining qolgan qismi 5 yildan oshmasa, Bastoy Prison’ga o‘tish haqida talabnoma berishi mumkin.

4. Mahbuslar tashqi dunyodan uzilib qolmasligi uchun taksofonlar o‘rnatilgan.


6. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, jazoni Bastoy Prison’da o‘taganlarning faqat 16 foizi ozodlikda o‘tkazilgan dastlabki ikki yil ichida jinoyatga qayta qo‘l uradilar.

7. Finlyandiya bo‘yicha bu ko‘rsatkich 20 foizga, Yevropa bo‘yicha esa 70 foizga teng.


9. Qamoqxona hududida mahbuslarga xizmat ko‘rsatuvchi otxona, sauna, tennis korti va baliq ovlash hududlari tashkil etilgan.



12. Qamoqxona tashkilotchilari jinoyatchilar qattiqqo‘llik va majburlash yo‘li bilan emas, balki o‘z ixtiyori bilan xatolarini tushunib yetishi kerak, degan fikrga kelganlar.


14. Ertalab mahbuslar uyg‘otilmaydi: barcha o‘zi bilib soat 8.30gacha o‘z ish joyiga yetib kelishi kerak. Shu tariqa ularga mas'uliyatni his qilish o‘rgatiladi.


16. Ish kuni 15:30da tugaydi, shundan so‘ng soqchilar o‘z uylariga ravona bo‘ladi, faqat 5 nafar navbatchi qoladi.

17. Peshinda mahbuslar uchun qamoqxona xizmatchilari tomonidan ovqat tayyorlab beriladi. Nonushtani va tushlikni mahbuslarning o‘zi tayyorlaydi. Oziq-ovqat mahsulotlarini ular o‘z pullariga sotib oladi.

18. Ish bilan band bo‘lgan mahbuslar kuniga 60 kron (10 dollar) oladi, bu pul kundalik xarajatlarni qoplaydi.


20. Ilgari Bastoy orolida voyaga yetmagan jinoyatchilar uchun izolyator joylashgan edi. Hozir esa Bastoy Prison dunyoning eng liberal jazo muassasalaridan biri hisoblanadi.