Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Selfini odamlardan ham zo‘r amalga oshiradigan mushuk topildi
Britaniyaning Metro gazetasining ma'lum qilishicha, selfini odamlardan ko‘ra yaxshiroq amalga oshiradigan mushuk topilgan. Mushuklar vakilining nomi Menni.
U instagramda o‘zining shaxsiy sahifasiga ega, u yerga deyarli 43 ming foydalunuvchi yozilgan. “Mushuklar bilan olinadigan suratlardan ko‘ra yaxshiroq bir narsa mavjud. Bu o‘z-o‘zini suratga oladigan mushuklar”, - deya yozmoqda nashriyot.
Gazetaning qayd etishicha, Menni odamlarni selfi yaratish san'atiga o‘rgata oladi. Mazkur jonzot GoPro kamerasini juda yoqtiradi va avtoportret olishdan o‘zini ushlab tura olmaydi.

“Agar ana shunday yaxshi ko‘rinishga ega bo‘lganimizda, biz ham kun bo‘yi selfi olardik”, - deya hazil qilgan nashriyot.Avvalroq mushuk oilaviy suratda a'lo darajadagi “fotobomba” uyushtirgani ma'lum qilingan.


