Jahon | 20:55 / 19.01.2016
3281
1 daqiqa o‘qiladi
Ispaniya aviakompaniyasi 10 ming m balandlikda karnaval o‘tkazdi
Ispaniyaning Iberia Express loukosteri aviakompaniyalar ichida birinchi bo‘lib parvoz paytida karnaval o‘tkazdi. Kompaniyaning Facebook’dagi sahifasida xabar berilishicha, bayram yerdan 33 ming fut (10 ming m) balandlikda o‘tdi.
Tenerife — Madrid reyslari chog‘ida avialaynerlar bortida musiqa ostida karnaval liboslaridagi artistlar raqs tushishdi. Aytilishicha, ushbu tadbirlar turistlarni Kanar orollariga jalb qilish uchun o‘tkazildi.
Iberia Express byudjyet aviakompaniyasi International Airlines Group aviatsion xoldingiga tegishli. Tashuvchining shtab-kvartirasi Madridda joylashgan. Loukoster 15 laynerga ega bo‘lib, ular 22 punktga parvozlarni amalga oshiradi.