Jamiyat | 19:43 / 19.01.2016
5509
2 daqiqa o‘qiladi

Timati va Leps kolbasa reklamasida Londonga uchishdan bosh tortishdi

“Dobroye delo” kolbasa brendi xonandalar Grigoriy Leps va Timati ishtirokidagi reklama roligini ishlab chiqardi. Rolik syujyetiga ko‘ra, qo‘shiqchilar Rossiya aeroportida turib, Londonga borishdan bosh tortishadi va Primoreni ma'qul ko‘rishadi.

Artistlarning sumkasini tekshirayotgan aeroport xodimasi “Dobroye delo” kolbasasini topadi va “Kechirasiz, mamlakatdan kolbasa olib chiqish taqiqlangan”, deydi. Shunda Leps: “Unda bu London bizga nima kerak?”, deb javob qaytaradi. Timati qolishga qaror qiladi. Ular tabassum qilib, kolbasa yeyishadi hamda o‘zlarining “Ya uyedu v London” (Men Londonga ketaman) qo‘shig‘ini o‘zgartirib, “Ya uyedu v Primore” (Primorega ketaman) qabilida kuylashadi.

Brendga egalik qiluvchi “PentAgro” kompaniyasi bosh direktori Ivan Popadinning ta'kidlashicha, bu rolikni kompaniyaning Primoredagi ofisi suratga olgan.