Fan-texnika | 17:41 / 21.01.2016
2853
1 daqiqa o‘qiladi

Audi 2018 yildan seriyali elektr krossover ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

2018 yildan Audi kompaniyasi tarixida birinchi marta seriyali elektr krossover ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Buhaqda markaning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Elektrokar Belgiyaning Bryussel shahrida ishlab chiqariladi. Shu zavodning o‘zida model uchun batareyalar yetkazish yo‘lga qo‘yiladi. Yangi model Q6 e-tron nomini olib, Q5 va Q7 modellari orasidan joy oladi.

Krossoverning salafi e-tron quattro kontsept-kari bo‘lib, u 2015 yil kuzida Frankfurt avtosalonida taqdim etilgan edi. Prototip uchta elektromotorga ega, ulardan biri old o‘q oldida, ikkitasi orqa o‘qda joylashgan. Birlashganda agregatlar 435 ot kuchi beradi, ammo keskin tezlanishda bu ko‘rsatkich 503 ot kuchiga yetishi mumkin.

Mashina 100 km/soat tezlikka 4.6 sekundda erishadi, maksimal tezligi 210 km/soatni tashkil qiladi. 95 kilovatt-soat hajmli batareyalar komplekti 500 km yo‘l bosish imkonini beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish