Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik talaba Yaponiyada o‘tkazilgan Yapon tili notiqlik san'ati bellashuvida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi
Yaponiyaning Tokio xalqaro universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida an'anaviy Yapon tili notiqlik san'ati bellashuv tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar bermoqda.
Yapon tili notiqlik san'ati bellashuvida o‘z ona tili yapon tili bo‘lmagan, ya'ni xorij davlatlari vakillari qatnashib, yapon tilida nutq so‘zlashlari talab etiladi. Bu yilgi tadbir uchun Tokio xalqaro universitetida tahsil olayotgan 15 nafar iqtidorli talaba tanlab olindi. Ular ichida Qo‘shma Shtatlar, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Osiyo davlatlaridan vakillar bor edi. O‘zbekistonlik yoshlardan biri, Xalqaro iqtisodiyot fakultetining 3-bosqich talabasi Nozima Zokirova ham bellashuvda dunyo yoshlari qatorida qatnashib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Bellashuv yakunida Tokio xalqaro universiteti prezidenti, universitet dekanlari va xorij davlatlaridan kelib tahsil olayotgan yoshlarga yapon tili va madaniyati darsidan saboq beruvchi yapon pedegoglari qatnashchilarni qizg‘in muborakbod etib, diplom va sovg‘alarni g‘oliblarga topshirdilar.

Ma'lumot uchun, Tokio xalqaro universitetida hozirda 10 nafarga yaqin o‘zbekistonlik talabalar Xalqaro iqtisodiyot, Biznes va xalqaro munosabatlar fakultetlarida bakalavr va magistrlik bosqichlarida grant asosida ta'lim olishmoqda.