Jamiyat | 20:54 / 22.01.2016
9494
1 daqiqa o‘qiladi
Ostonaliklar tashlab ketilgan go‘dakni uchratganda qanday munosabatda bo‘lishdi?
NewTimes.kz qozog‘istonliklarning tashlab ketilgan go‘dakni uchratganda qanday munosabatda bo‘lgani bilan qiziqib ko‘rdi. Shu munosabat bilan Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida qiziqarli ijtimoiy tadqiqot o‘tkazildi.
Soxta “kakku-ona” yo‘rgak ichiga bola yig‘isi ovozini taratadigan qurilmani solib, uni Ostonaning turli joylari – bekatlar, ko‘cha va chiqindixonalarda qoldirib ketdi.
Jurnalistlar yashirin kamera orqali atrofdagilarning tashlab ketilgan go‘dakka bo‘lgan munosabatini qayd etishdi. Internetga joylashtirilgan videodan ko‘rish mumkinki, ko‘pchilik bunga bee'tibor bo‘lmasdan, darhol zarur choralarni ko‘rishga shoshilgan.