Jamiyat | 15:13 / 27.01.2016
5628
1 daqiqa o‘qiladi

Tanzaniyada noyob oq jirafa qayd qilindi

Tadqiqotchilar Tanzaniyada noyob oq jirafani suratga olishga muvaffaq bo‘lishdi, deb yozadi Mashable. Ekspertlarning so‘zlariga qaraganda, Tarangirdagi milliy bog‘da yashaydigan Omo laqabli 15 oylik urg‘ochi albinos emas. Uning ayrim teri hujayralari pigmentlar ishlab chiqarmaydi, shu bois jirafa oqday tuyuladi.

Ekolog Derek Lining ta'kidlashicha, Omo hozircha ma'lum bo‘lgan bunday ko‘rinishdagi yagona jirafadir. Bir yoshgacha jirafalar jiddiy tahdidga duchor bo‘lishadi, negaki bolaning hajmi kichik bo‘ladi va u yirtqichlar hujumidan omon qolmasligi ehtimoli bor. Omo bu bosqichdan o‘ta olgan, ammo endilikda uning noyob ko‘rinishi brakonerlar diqqatini tortishi mumkin.

Lining ma'lum qilishicha, Omo boshqa jirafalar bilan birga yashaydi, demakki, ular urg‘ochining boshqacha ko‘rinishiga jiddiy e'tibor qaratishmaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish