Jamiyat | 16:16 / 28.01.2016
5067
1 daqiqa o‘qiladi
Qizil pandaga 16 yoshga to‘lishi munosabati bilan tort sovg‘a qilishdi (video)
Avstraliyaning “Simbio” yovvoyi tabiat parkidagi Chori laqabli qizil pandaga 16 yoshga to‘lishi munosabati bilan tort hadya qilishdi. Sovg‘aning berishiga bag‘ishlangan rolik parkning YouTube`dagi kanalida e'lon qilindi.
Chori uchun maxsus tort u yaxshi ko‘radigan mevalardan tayyorlangan bo‘lib, yosh bambuk butoqlari bilan bezatilgan.
Qizil panda “Simbio”ga olti yillar muqaddam keltirilgan edi. U qisqa vaqt ichida park “yulduz”laridan biriga aylandi. Zoobog‘dagilarning aytishicha, Chori muntazam ravishda interaktiv ta'limiy dasturlarda qatnashib keladi.
Insonlar yoshi bilan solishtirilganda, Chori taxminan 64 bahorni qarshi olgan.