Fan-texnika | 23:29 / 29.01.2016
4905
2 daqiqa o‘qiladi

Kompyuter aerosichqoncha-ko‘rsatkich tayoqchasi yaratildi

Gestor – simsiz manipulyator bo‘lib, taqdimot va anjumanlarni o‘tkazish jarayonini yengillashtirish, mediateka yoki internet-syorfingni boshqarish uchun yaratilgan. Bu qurilmani kompyuterlar va smart-televizorlarning interfeysini harakatlar yordamida boshqarish imkonini beradigan aerosichqoncha deb ham atash mumkin.

Gadjyet tegishlarga javob beruvchi uchta halqali tayoqcha shaklida bajarilgan. Halqalardan biri qurilmani yoqish va o‘chirish uchun javob beradi, unga tegish qurilmani yoqadi, qurilma uzoq vaqt ishlamaganda “uxlovchi” rejimga o‘tadi va shu tariqa energiyani tejashga imkon beradi. Bu halqa, shuningdek, skrol (varaqlash) va zum (kattalashtirish-kichraytirish) uchun javob beradi. Qolgan ikkita halqa kompyuter sichqonchasining o‘ng va chap tugmachalari kabi vazifani bajaradi.

Qiziqarlisi, foydalanuvchi barmog‘ini asosiy halqada ushlab turganida, ekranda oddiy sichqonchadagidek harakatlarni amalga oshirish imkonini beruvchi kursor akslanadi. Biroq halqaga tegilmaganda kursor ekrandan yo‘qolib, u ko‘rsatkich tayoqchaga (ukazkaga) aylanadi.

Ayni vaqtda yangi qurilmaga Kickstarter portalida 75 dollarga buyurtma berish mumkin.