Sport | 22:40 / 30.01.2016
5499
1 daqiqa o‘qiladi
Yaponiya U23 Osiyo chempionati g‘olibi bo‘ldi (Video)
Yaponiya U-23 terma jamoasi Osiyo chempionati finalida Janubiy Koreya U-23ga qarshi maydonga tushdi va qiyin kechgan uchrashuvda irodali g‘alabani qo‘lga kiritib, qit'a g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Final bahsida Janubiy Koreya olimpiyachilari 2:0 hisobida oldinda borayotgan edilar. Ammo Yaponiya yoshlar terma jamoasi 67 va 68-daqiqalarda tezkor gollar kiritib vaziyatni o‘ngladi. 81-daqiqada esa Takumo Asano kiritgan g‘alaba to‘pi yaponlarga oltin medalni keltirdi.
Osiyo Chempionati U-23
Final
Yaponiya - Janubiy Koreya - 3:2
Gollar: Takumo Asano 67, Shinya Yajima 68, Takumo Asano 81 - Kvon Chang Xun 20, Jin Seong Uk 47