Jahon | 10:53 / 30.01.2016
4427
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda to‘rt nafar konchi yer ostida 36 kunga qolib ketdi

Xitoy sharqidagi Shandun viloyatida qutqaruvchilar toshlar ostida qolib ketgan to‘rt konchini chiqarib oldilar. Sinxua agentligining ma'lum qilishicha, ishchilar yer ostida 36 kun qolib ketishgan.

Shifokorlarning ta'kidlashicha, konchilar jiddiy jarohat olmagan va fevral oyining boshlarida oilalarining bag‘riga qaytishlari mumkin bo‘ladi.

Gipsli kon o‘tgan yilning 25 dekabr kuni qulagan edi. U yerdagi 29 konchidan 11 nafari tez orada qutqarilgan edi. Bir kishi halok bo‘lgan, 13 kishi dom-daraksiz ketgan.
Qutqaruv operatsiyasidan mingdan ortiq kishi ishtirok etmoqda.