Jamiyat | 21:43 / 31.01.2016
19582
1 daqiqa o‘qiladi
Internetda tovuq go‘shti do‘konlarga yuborilishdan oldin noma'lum suyuqlik bilan to‘yintirilayotgani videosi paydo bo‘ldi
Internetda tovuq go‘shti do‘konlar peshtaxtalariga yuborilishdan oldin noma'lum suyuqlik bilan to‘yintirilayotgani videosi paydo bo‘ldi. Tovuq ko‘proq tosh bosishi uchun unga maxsus qurilma yordamida noma'lum suyuqlik kiritilgan.
Afsuski, bu video qayerda va qachon tasvirga olingani noma'lum. Ehtimol bu rolik xorijda olingan bo‘lishi mumkin.
Videoda tovuq go‘shtlari katta mexanik shpritsni eslatuvchi qurilma bilan turli joylaridan teshilib, ichiga suyuqlik kiritilayotgani aks etgan. Bunday ishlovdan keyin go‘shtlar taxminan 400 grammga og‘irlashadi.