Jahon | 09:40 / 31.01.2016
4496
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Moskva sharqidagi sexda yong‘in qasddan uyushtirilgan
Moskva shahrida qasddan sodir etilgan yong‘in yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda TASS agentligi tergov qo‘mitasi vakili Yuliya Ivanovaga tayangan holda xabar bermoqda.
Shaharning Stromishka ko‘chasidagi “Rosoboroneksport” korporatsiyasi binosi yaqinidagi tikuv sexida kelib chiqqan yong‘in oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan edi. Ushbu yong‘in qasddan uyushtirilgani aniqlandi.
Huquq-tartibot organlarining ma'lumotlariga qaraganda, ayni paytda vayronalar ostida 9 murda chiqarib olingan bo‘lib, ular taxminan mahalliy aholi vakillari emas.
Voqea joyida tergov guruhi ishlashda davom etmoqda.
Suratlar: TASS