Fan-texnika | 22:02 / 03.02.2016
7714
2 daqiqa o‘qiladi

Eronlik blogerlar LG smartfoni pishiqligini tank g‘ildiraklari ostida sinab ko‘rishdi

Eronlik blogerlar LG V10 modelidagi smartfonning chidamliligini sinash maqsadida bir qator testlar o‘tkazishdi. Shulardan biri smartfonni tank g‘ildiraklari ostiga tashlash bo‘lgan. Bu jarayon tasvirlari Youtube portaliga joylashtirilgan.

Bloger dastlab smartfonni o‘z bo‘yi balandligidan pastga tashlagan, natijada qurilmada bilinar-bilinmas asoratlar qolgan bo‘lsada, uning ishlash qobiliyati o‘zgarmagan.

Keyin u telefonni shu balandlikdan kuch bilan yerga uradi. Natijada, telefonning ekrani chatnab ketadi, lekin qurilma odatdagidek ishlashda davom etadi. Shuningdek, smartfon 10 metr balandlikdan pastga tashlanganidan keyin ham abgor holga kelmaydi va sinovning oxirgi bosqichiga butun yetib keladi.

Oxirgi bosqichda esa bloger smartfonni T-62 rusumli tankning temir g‘ildiraklari ostida qoldiradi. Natijada, bu tajriba smartfonning butunlay yakson bo‘lib, yaroqsiz holga kelishiga olib keladi.

LG V10 oxirgi bosqichdan o‘ta olmagan bo‘lsada, blogerlar smartfonning chidamligiga yaxshi baho berishgan. Xususan, ular smartfon 10 m balandlikdan pastga tushgani va ekrani zararlanganidan keyin ham ishlayverganini ta'kidlashgan.