Jamiyat | 12:29 / 05.02.2016
4852
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda “Navro‘z yallasi – 2016” an'anaviy ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

Andijon viloyati madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamda viloyat xalq ijodiyoti va madaniy-ma'rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi hamkorligida an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Navro‘z yallasi” tanlovi aholi tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Barcha tuman va shaharlar badiiy jamoalari qatnashgan tadbirda Navro‘z, bahor, Vatan va milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etuvchi laparlar, termalar, estrada yo‘nalishidagi qo‘shiqlar ijro etildi. Sumalak sayli, xalq o‘yinlari, hunarmandlik va bahor yumushlarini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Buloqboshi tumanining “Gavhar” folklor-etnografik jamoasi mutlaq g‘olib, deb topildi. Birinchi o‘rin Asaka tumani “Gulruh” jamoasiga, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Shahrixon, Baliqchi, Ulug‘nor, Qo‘rg‘ontepa va Xo‘jaobod tumanlari badiiy jamoalariga nasib etdi.