Jamiyat | 15:41 / 05.02.2016
3631
1 daqiqa o‘qiladi

"Kamolot" YoIH Namangan viloyat Kengashi 2015 yilda amalga oshirilgan ishlari sarhisobini qildi

4 fevral kuni "Kamolot" YoIH Namangan viloyat Kengashining 2015 yildagi amalga oshirilgan ishlari sarhisobi hamda 2016 yilga mo‘ljallangan ishlari yuzasidan navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Namangan Yoshlar markazining katta zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda Kengash a'zolari bilan birgalikda Harakatning Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari O‘.Shukurov, Harakatning hududiy va mahalliy kengashlari hodimlari, boshlang‘ich tashkilot yetakchilari, hamkor tashkilotlar vakillari hamda faol yoshlar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda Kengash raisi hamda o‘rinbosarlarning o‘z sohalari bo‘yicha 2015 yilda amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Shuningdek hamkor tashkilotlar va boshlang‘ich tashkilot yetakchilari tomonidan tizim faoliyatini yaxshilash uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar yuzasidan takliflar berildi.