Jamiyat | 16:20 / 05.02.2016
33773
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda qimmatbaho toshlarga burkangan Mercedes sohibasi pulni bekor safrlaydigan erkatoy deb ataldi

Qozog‘istonlik Bibigul Junusbekova o‘ziga tegishli Mercedes mashinasiga bosh-oyoq Swarovski strazlarini (qimmatbaho toshli bezaklar) yopishtirib chiqqani bois ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqidlarga duchor bo‘ldi. U o‘z g‘oyalarini hayotga tatbiq qilishga uringanini e'tirof etishiga qaramay, ko‘pgina foydalanuvchilar qizni pulni havoga sovurayotgan erkatoy deb hisobladi.

Blogpoint.kz nashrining yozishicha, olmaotalik qiz yarim yil davomida kuniga 12 soatdan ishlab, o‘z “durdonasi”ni yaratgan.

Rassom-dizayner Bibigul noutbuk va boshqa turdagi texnika vositalarini bezash bilan shug‘ullanib kelgan.