Jahon | 10:56 / 06.02.2016
8363
1 daqiqa o‘qiladi

Tayvandagi zilzila oqibatlari ko‘rsatilgan videolar paydo bo‘ldi

6 fevralga o‘tar kechasi Tayvanning eng yirik shaharlaridan biri, janubdagi Taynan shahrida zilzila tufayli qulagan ko‘p qavatli binolar joyida olingan videolar internetga joylashtirildi. Bu binolar orol janubi-g‘arbida qayd etilgan 6,7 magnitudali zilzila tufayli qulagan.

Ayni vaqtga kelib vayronalar ostidan jami 221 kishi chiqarib olingan va ularning aksari shifoxonaga joylashtirilgan. Eng talofatli hudud, 17 qavatli uy qulagan joyda 70 nafarga yaqin kishi vayronalar ostida qolayotgani aytilgan. Qurbonlar soni 5 nafarni tashkil qilmoqda.

Bundan oldinroq, Xitoy hukumati Tayvanga bu zilzila oqibatlariga qarshi kurashda yordam ko‘rsatishi haqida ma'lum qilgandi.

Bu zilzila tufayli oroldagi barcha tezyurar poyezdlar harakati to‘xtatilgan. Mutaxassislar yo‘llarning holatini tekshirishmoqda.

Xitoy Tayvandagi zilzila oqibatlariga qarshi kurashda yordam beradi

Tayvandagi zilzila tufayli shaharda qulab tushgan boshqa binolar ham borligi aytildi