Jamiyat | 19:53 / 08.02.2016
4283
1 daqiqa o‘qiladi
Berlinda telefon budkasini "raqs klubi"ga aylantirishdi
Germaniya poytaxti Berlin shahridagi eski telefon budkasi qayta jihozlanib, dunyodagi eng kichik raqs klubiga aylantirildi.
Bu "mitti klub"ga tashrif buyurgan mehmonlar ma'lum haq evaziga ma'lum vaqt uning ichida bo‘lib, istalgan musiqasiga buyurtma berishi va raqsga tushishi mumkin.
Ayni vaqtda shaharda yana ikkita shunday "raqs klublari" paydo bo‘lgani aytilgan.