Fan-texnika | 10:27 / 09.02.2016
4711
1 daqiqa o‘qiladi

Berkli olimlari robot suvarak g‘oyasini yakuniga yetkazdilar

Kaliforniyaning Berkli universiteti olimlari CRAM loyihasi doirasida robot suvarak ustidagi ishlarni davom ettirmoqda, deb xabar bermoqda The Verge nashri.

CRAM (The compressible robot with articulated mechanisms – Bo‘laklangan mexanizmlarga ega yig‘iluvchi robot) ekzoskelet va yumshoq qoplamaga ega. Robot shakl o‘zgartirishi va tor joylardan o‘tib olishi mumkin bo‘ladi, bu esa, masalan, qutqaruv operatsiyalarida asqatadi. Loyiha qisman AQSh armiyasi tomonidan moliyalashtirilmoqda.

Suvarakbot o‘zining biologik prototipi singari yuqori bardoshlidir. Suvarak tanasining vaznidan yuzlab marotaba og‘irroq bosimga chidab bera oladi. Bundan tashqari, u cheklangan vertikal balandlikda ham juda tez harakat qila oladi.

Ushbu xossalarning barini robotga ko‘chirish rejalashtirilmoqda.