Sport | 19:13 / 09.02.2016
7149
2 daqiqa o‘qiladi

"Bunyodkor" "Al Shabab"ni mag‘lub etib, OChL guruh bosqichiga yo‘l oldi

Bugun, 9 fevral kuni Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi o‘z maydonida Osiyo chempionlar ligasining pley-off bosqichidan o‘rin olgan yagona uchrashuvda BAAning “Al-Shabab” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Sergey Lushchanning qaytishi jamoani OChLga olib chiqdi. Muhim o‘yinda asosan yoshlarni o‘ynatgan murabbiy 2:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Uchrashuvning birinchi daqiqasidayoq jamoaning yosh hujumchisi Eldor Shomurodov hisobni ochdi. Uning o‘zi 35 daqiqada hisobni 2:0 ko‘rinishiga yetkazdi.

Osiyo Chempionlar ligasi
O‘tish o‘yini
«Bunyodkor» - «Ash-Shabob» - 2:0
Gollar: Shomurodov (2, 35)
"Bunyodkor": Murod Zuxurov, Akmal Shorahmedov, Akrom Komilov, Rustam Ashurmatov, Shaker Zuagi, Eldor Shomurodov, Javlon Mirabdullayev, Dostonbek Hamdamov, Otabek Shukurov, Aleksandr Alimpiyevich, Zabihillo O‘rinboyev
"Ash-Shabob": Salim Abdulla, Muhammad Al Shemmari, Muhammad Marzuq, Azizbek Haydarov, Karlos Vilyanueva, Enrike Luvannor, Davud Al Balushi, Mane Muhammad, Mahmud Qosim, Hassan Safar, Junino.