Jamiyat | 20:03 / 14.02.2016
70024
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun xonanda Otabek Mutalxo‘jayevning to‘yi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun, 14 fevral kuni "Nihol" mukofoti sovrindori, xonandasi Otabek Mutalxo‘jayevning to‘yi bo‘lib o‘tmoqda. "Versal" to‘yxonasida bo‘lib o‘tayotgan to‘y bazmiga bir qator o‘zbek san'atkorlari ham tashrif buyurishdi. Ular orasida O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, xonandalar Yodgor Mirzajonov, Sharof Muqimov, Ziyoda, qiziqchi Halima Ibragimova, shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Saida Rametova hamda Xosiyat Husanovalar bor. 

Kun.uz sayti xonanda Otabek Mutalxo‘jayev hamda Dilzodaxonni to‘y bilan muborakbod etib, ularga baxtli oilalardan biri bo‘lishni tilab qoladi. 

Suratlar: Instagram.com