O‘zbekiston | 20:43 / 15.02.2016
6823
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda avtopoyga bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi, O‘zbekiston milliy avtomobil federatsiyasi va viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Toshkent, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Namangan viloyatlari va Toshkent shahridan 10 dan ortiq sport klubi ishtirok etdi.

Umumjamoa hisobida Jizzax viloyati texnik va amaliy sport turlari markazi avtopoygachilari birinchi o‘rinni egalladi va O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Toshkent shahri Shayxontohur tumani o‘quv sport-texnika klubi hamda Jizzax avtomobil maktabi jamoalari egalladi.

Shaxsiy birinchilik uchun musobaqalar to‘rt rusumdagi avtomobillar bo‘yicha o‘tkazildi. Jizzaxlik Asqar Hasanov, Temur Narziqulov, Umid Soatov, Toshkent viloyatidan Anton Tumanov marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.

G‘oliblar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Manba: uza.uz