Iqtisodiyot | 11:31 / 17.02.2016
5405
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning sobiq moliya vaziri €500 va $100 qiymatdagi banknotlarni bekor qilishga chaqirdi

AQShning sobiq moliya vaziri Lerri Sammers jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida €500 va $100 qiymatdagi banknotlarni bekor qilish taklifi bilan chiqdi. Bu fikr The Washington Post gazetasining seshanba kungi sonida chop etildi.

Sammers avvalroq Yevroittifoqda €500 yevrolik banknotlarni chiqarishga qarshi reja, garchand Germaniya tashabbus ko‘rsatgan bo‘lsa-da, amalga oshmaganini eslab o‘tdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 1 mln AQSh dollari 2,2 funt (1 kg.dan kamroq) tosh bosadi. 20 dollarlik banknotlar shuncha summada 50 funt (23 kg.ga yaqin) og‘irlikka ega. Sammers solishtirish uchun “ma'lum doiralarda €500 qiymatdagi banknot “Ben Laden” laqabi bilan mashhur ekani”ni ham qo‘shimcha qilgan.

Mutaxassis katta qiymatdagi banknotlarning chiqarilmasligi turli jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashda muhim ekani, bunda xalqaro hamjamiyat yakdillik bilan ish tutishi masadga muvofiq kelishini ta'kidladi.