Jamiyat | 18:35 / 19.02.2016
9838
2 daqiqa o‘qiladi

Yo‘lni quloqchin taqib olgan holatda kesib o‘tayotgan piyoda qiz YTHga sabab bo‘ldi

Quloqchin taqib olgancha katta ko‘chani kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda qiz yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘ldi.

Bu holat qayd etilgan video Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta”  guruhiga joylangan. Videoda yashil chiroq yonib turganiga qaramay, qulog‘iga quloqchin taqib olgan piyoda qiz yo‘lni e'tiborsizlik bilan kesib o‘tganida katta tezlikda kelayotgan “Damas” avtomobili piyodani urib yubormaslik uchun rulni boshqa tomonga buradi. Natijada avtomobil svetoforga borib urilgach, ag‘darilib ketadi. Achinarlisi, piyoda bu holatga ham deyarli e'tibor bermay yo‘lini davom ettiradi. 

Ko‘pincha haydovchilardan nolishni yaxshi ko‘ramiz. Biroq piyodalar ham qoida buzishda avtomobil egalaridan qolishmaydilar.

Ko‘chani kesib o‘tayotgan vaqtda yo‘l qoidalariga to‘liq amal qiling! Bu nafaqat o‘zingizning, balkim haydovchining hayoti uchun muhim!

Kun.uz