Jahon | 08:53 / 20.02.2016
5673
1 daqiqa o‘qiladi

Merkel fastfudda tanovul qilayotganda payqaldi

Germaniya kansleri Angela Merkel Bryusselda 19 fevralda Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar o‘rtasidagi tanaffusda tanovul qilib olishga qaror qildi. Merkel mahalliy vaqt bilan soat 20:00ga belgilangan tushligini kutib o‘tirmay, mahalliy tamaddixonalardan biriga ovqatlangani bordi.

Germaniya kansleri shu maqsadda o‘z yordamichilari bilan Maison Antoine deb nomlangan kafega bordi. Voqea guvohlari Angela Merkelni kafe oldida tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldilar. Lavhalarda Merkel bir qo‘lida yegulik solingan paketni ushlab turganini ko‘rish mumkin.

Merkel bu yerda o‘ziga kartoshka-fri hamda garmdori va pomidorlar qo‘shilgan mayonez – andaluziya sousi buyurtma qildi.