Sport | 23:43 / 21.02.2016
6271
2 daqiqa o‘qiladi

"Chelsi" Angliya kubogida " Manchester Siti"ni 101 yilda birinchi marta yutdi va chorakfinalga chiqdi

Angliya kubogining 1/8 final bosqichida "Chelsi" o‘z maydonida asosiy tarkib bilan o‘ynamagan "Manchester Siti"ni 5:1 hisobi bilan tor-mor etdi.

1-bo‘limda jamoalar bittadan to‘p bilan almashishdi: Diyego Kostaning goliga David Fopala javob to‘pini kiritdi.

Biroq 2-bo‘limda faqat "Chelsi" vakillari gol urishdi: Villian, Gari Kexill, Eden Azar va Bertran Traore o‘z hisoblariga bittadan to‘p yozib qo‘yishdi.

Hisob yanadayam kattaroq bo‘lishi mumkin edi, biroq Oskar 75-daqiqada penaltini amalga oshira olmadi.

Bu g‘alaba evaziga Gus Xiddink shogirdlari musobaqaning chorakfinaliga yo‘l olishdi.

"Chelsi" "Manchester Siti"ni Angliya kubogida 101 yilu 1 kunda birinchi marta yutdi. Avvalgi marta londonliklar "shaharliklarni" 1915 yilning 20 fevralida 1:0 hisobida yutgandilar.

Angliya kubogi. 1/8 final
Chelsi – Manchester Siti – 5:1
Gollar: Kosta, 35 (1:0); Fopala, 37 (1:1); Villian, 48 (2:1); Kexill, 53 (3:1); Azar, 67 (4:1); Traore, 89 (5:1).
Amalga oshirilmagan penalti: Oskar, 75 (Chelsi)

Shuningdek, musobaqaning bu bosqichida "Tottenxem" o‘z maydonida "Kristal Pelas"ga 0:1 hisobida yutqazdi va musobaqadan chiqib ketdi.

Tottenxem Xotspur – Kristal Pelas – 0:1
Gollar: Kelli, 45+1 (0:1).

Yana bir uchrashuvda "Vest Xem" mehmonda "Blekbern"ni 1:5 hisobida mag‘lub etdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Blekbern Rovers – Vest Xem Yunayted – 1:5
Gollar: Marshall, 20 (1:0); Mozes, 26 (1:1); Payyet, 36 (1:2); Emenike, 64 (1:3); Emenike, 85 (1:4); Payyet, 90+2 (1:5).
Chetlatish: Teylor, 55 – Kuyyate, 75.